Toshkent shahri sudi apellyatsiya instansiyasi yozda 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Saidaziz Saidaliyevga (“Saidaziz medgorodok”) nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Tovlamachilik ishi bo‘yicha sudlangan yana 13 nafar shaxsning shikoyati ham rad etildi.
“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Saidaziz Saidaliyev 20 yilga qamaldi. Sudlanuvchilarning ba’zilari 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, ayrimlariga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosi berildi. Bir sudlanuvchi jazodan ozod etildi. Batafsil.
“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan boshlangan ochiq sudda advokatlar sudlanuvchilarni poytaxt IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasidan Zangiotadagi “Toshturma”ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi. Sudya so‘rov o‘rganib chiqilishini bildirdi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyevni qo‘lga oldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular pul evaziga odamlarni qarzini undirib bergan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting